Mahalliy

Turkiyadan Oʻzbekistonga odam savdosi boʻyicha qidiruvda boʻlgan ayol qaytarildi

Turkiyadan Oʻzbekistonga odam savdosi boʻyicha qidiruvda boʻlgan ayol qaytarildi

Bir necha yildan beri xalqaro qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi Turkiyada topilib, qoʻlga olindi.

U Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 135 va 223-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni — odam savdosi va chet elga noqonuniy chiqishni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, ayol boshqa shaxslar bilan til biriktirib harakat qilgan. Ular fuqarolarni aldov yoʻli bilan Qozogʻiston orqali Tailand va Turkiyaga olib borib, u yerda fohishalik bilan shugʻullanishga jalb qilishgan.

Qidiruvda boʻlgan shaxsning turgan joyi Oʻzbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralarining hamkorlikdagi tezkor tadbirlari davomida aniqlandi. Qoʻlga olinganidan soʻng u Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Avvalroq Turkiyada xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olingan edi. Ulardan biri toʻqqiz yil davomida suddan yashirinib yurgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.