Odam savdosida ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi
Odam savdosi hamda qonunga xilof ravishda chet elga chiqishda ayblanayotgan M.X. Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ayol fuqarolarni aldov yo‘li bilan Tailand va Turkiyaga fohishalikka jo‘natganlikda gumonlanmoqda.

Odam savdosi bo‘yicha ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada ushlanib qoldi
O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida uzoq yillardan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M.X. Turkiyada aniqlanib, qo‘lga olindi va belgilangan tartibda O‘zbekistonga qaytarildi.
M.X. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) hamda 223-moddasi (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish) bilan nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan edi.
Tergov materiallariga ko‘ra, ayol boshqa shaxslar bilan til biriktirib, fuqarolarni aldov yo‘li bilan Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqib, u yerda fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb qilganlikda ayblanmoqda.
Idora ta’kidlashicha, jinoyat sodir etib, xorijda yashirinish javobgarlikdan qochish imkonini bermaydi.
Bu 6-oktabrdagi Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilgan. Ular ixtisoslashgan muassasalarda olti oygacha bepul yashashi, reabilitatsiya dasturida qatnashishi va kasb o‘rganishi mumkin.

