Turkiyada ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi, ulardan biri 9 yildan beri qidiruvda boʻlgan
Istanbulda xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar bermoqda. Ulardan biri — F.F.N. — 2017 yildan buyon bosqinchilikda ayblanib qidiruvda boʻlgan. U Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi bilan qidirilayotgan edi. Shu tariqa, qariyb toʻqqiz yillik qidiruv uning Turkiyada qoʻlga olinishi bilan yakunlandi. Ikkinchi qoʻlga olingan shaxs esa […]

Turkiyada ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi, ulardan biri 9 yildan beri qidiruvda boʻlgan
Istanbulda xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi maʼlum qildi.
Qoʻlga olinganlardan biri — F.F.N. — 2017 yildan buyon bosqinchilikda ayblanib qidirilayotgan edi. U Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi bilan qidiruvda boʻlgan. Shu tariqa, qariyb toʻqqiz yillik qidiruv uning Turkiyada qoʻlga olinishi bilan yakunlandi.
Ikkinchi qoʻlga olingan shaxs A.M.A. boʻldi. U firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda boʻlgan. Uning xatti-harakatlari Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan malakalangan.
Har ikki fuqaro qoʻlga olinganidan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekistonning vakolatli organlariga topshirildi. Hozirda ularga nisbatan zarur tergov va protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.
Konsulxona Oʻzbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari hamkorlikni davom ettirayotganini taʼkidladi. Bu hamkorlik, xususan, xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortishga qaratilgan.

