Dunyo

Turkiya, Qatar, Indoneziya va Pokiston «Badr» kelishuvini imzoladi

Hujjat harbiy sanoat sohasidagi hamkorlikni ilgari surish va davlatlarning harbiy salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan.

Turkiya, Qatar, Indoneziya va Pokiston «Badr» bitimini imzoladi

Turkiya, Qatar, Indoneziya va Pokiston vakillari mudofaa sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda strategik sheriklikni rivojlantirish maqsadida «Badr» memorandumini imzoladi, deyiladi Turkiya Milliy mudofaa vazirligi bayonotida.

«Qatar, Indoneziya, Pokiston va Turkiya Qatarda oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi koʻp tomonlama «Badr» memorandumini imzoladi», - deyiladi xabarda.

Hujjat harbiy sanoat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va davlatlarning harbiy salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan. Shuningdek, mamlakatlar harbiy tayyorgarlik va tadqiqotlar masalalari ustida birgalikda ishlaydi.

Bitimni Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Guler, Qatar bosh vaziri oʻrinbosari va mudofaa ishlari boʻyicha davlat vaziri shayx Saud bin Abdurahmon bin Hasan Ol Soniy, Indoneziya mudofaa vaziri oʻrinbosari Yusuf Javhariy hamda Pokiston mudofaa vaziri Xoja Muhammad Osif imzoladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.