Dunyo

Turkiy davlatlar o‘rtasida Turkpol tashkiloti tuziladi

Turkiy davlatlar o‘rtasida Turkpol tashkiloti tuziladi

Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti ichki ishlar vazirlarining 3-yig‘ilishida jinoyatchilikka qarshi kurash va xavfsizlik masalalari ko‘rib chiqildi. Unda Interpol va Yevropolga o‘xshash Turkpol tashkilotini yaratish taklifi bildirildi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.

Mazkur taklif Turkiya ichki ishlar vaziri Mustafo Chiftchi tomonidan ilgari surildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbusni Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va O‘zbekiston qo‘llab-quvvatlagan. Yangi tuzilma davlatlar o‘rtasida axborot almashish va birgalikda harakat qilish imkonini beradi.

Yig‘ilishda, shuningdek, Jinoyatchilikka qarshi kurashish kengashini tuzish bo‘yicha ham kelishuvga erishilgan. Ushbu kengash terrorizm, giyohvandlik, noqonuniy migratsiya va yangi turdagi jinoyatlarga qarshi faoliyat yuritadi. Kengash haqidagi bitim oktyabr oyida Anqarada bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar sammitida imzolanishi rejalashtirilmoqda.

“Shu orqali jinoyat va jinoyatchilarga qarshi kurashda axborot almashish, muvofiqlashtirish hamda birgalikda harakat qilish imkoniyatlarimizni rasmiy jihatdan yanada mustahkamlaymiz”, dedi vazir.

Mustafa Chiftchining qo‘shimcha qilishicha, uchrashuvda turkiy davlatlar fuqarolarining ID kartalar orqali sayohat qilishi hamda aeroportlarda qo‘shma pasport nazorati punktlarini tashkil etish masalalari ham muhokama qilingan. Ma’lumot o‘rnida, oktyabr oyida Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mezbonligida Turkiy davlatlar tashkiloti yetakchilarining sammiti bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Turkiy davlatlar arxeologik yodgorliklarning yagona raqamli bazasini yaratishi haqida xabar berilgandi. Vengriyada o‘tgan Turkiy dunyo ilmiy-tadqiqot institutlari va arxeologiya markazlari assotsiatsiyasi yig‘ilishida yangi raqamli portal va elektron atlas konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Platforma orqali olimlar qadimiy obyektlar, qo‘shma ekspeditsiyalar va ilmiy izlanishlar bo‘yicha o‘zaro ma’lumot almashishi ko‘zda tutilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.