Tramp Zelenskiydan Rossiyadagi zarba beriladigan nishonlarni oʻzgartirishni soʻradi
Amerika prezidentining fikricha, yonilgʻi taʼminotidagi muammolarga Yaqin Sharqdagi vaziyat emas, balki Rossiya-Ukraina nizosi sabab boʻlmoqda.

Tramp Zelenskiydan Rossiyadagi zarba qilinadigan nishonlarni oʻzgartirishni soʻradi
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Rossiyadagi dizel yonilgʻisi bilan bogʻliq obyektlarga hujum qilishni toʻxtatishga chaqirdi.
«Janob Zelenskiy bir ish qilishi kerak. U Rossiyadagi dizel yonilgʻisiga zarba berishni toʻxtatishi lozim. U nishonlarga zarba berishi mumkin, ammo dizel yonilgʻisiga emas, chunki bu dizel taqchilligiga olib kelmoqda», - dedi Tramp.
Amerika prezidentining fikricha, yonilgʻi taʼminotidagi muammolarga Yaqin Sharqdagi vaziyat emas, balki Rossiya-Ukraina nizosi sabab boʻlmoqda.
«Shuning uchun biz Zelenskiy bilan bu haqda gaplashdik. Boshqa nishonlar juda koʻp. Dizel yonilgʻisiga zarba bermang, chunki bu zarar keltiradi, butun dunyoga zarar keltiradi. Biz dizel yonilgʻisiga zarba berilishini istamaymiz», - deya qoʻshimcha qildi Tramp.

