Tramp: AQSH Ukraina bilan razvedka maʼlumotlari almashishni toʻxtatmadi
AQSH prezidenti Donald Tramp soʻzlariga koʻra, Ukrainaga razvedka yordami toʻxtatilmagan.

Tramp: AQSH Ukraina bilan razvedka maʼlumotlari almashishni toʻxtatmadi
AQSH Ukraina bilan razvedka maʼlumotlari almashishni toʻxtatgani yoʻq.
«Yoʻq, toʻxtatganimiz yoʻq. Biz ularga yordam beryapmiz. Biz haqiqatan ham ularga yakuniy toʻxtamga kelishda yordamlashyapmiz. Biz urush tugashini xohlaymiz», - dedi Tramp.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin urush tugashini goʻyoki Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiydan koʻra koʻproq istayotganiga nega bu qadar ishonchi komilligi haqidagi savolga Tramp shunday javob berdi:
«Buni muzokaralar orqali bildim - men butun umrim davomida aynan shu ish bilan shugʻullanganman. Oʻylaymanki, Putin ham buni xohlasa kerak; menimcha, ularning ikkisi ham bu narsa tugashini istaydi. Bilasizmi, ochigʻini aytsam, ikkalasi ham uning yakunlanishini xohlaydi, ammo bunga qanday erishishni bilmayapti. U yerda nafrat juda koʻp... Oxir-oqibat hammasi yaxshi boʻladi. Nega bundayligini bilasizmi? Chunki doim shunday boʻlib kelgan».
Tramp, shuningdek, oʻzi ilgari eʼlon qilgan «energetika sulhi»ning Rossiya tomonidan buzilishiga ham munosabat bildirdi. AQSH prezidenti Ukraina goʻyoki bir kun avval Rossiyaning koʻplab energetika obyektlariga zarbalar berganini aytdi. Tramp, shuningdek, «energetika sulhi»ning samaradorligi haqida keyinroq maʼlum qilishga vaʼda berdi.

