Toşkentda internet narkodökoniga işlaganlikda gumonlangan yoşlar uşlandi
Toşkent şahri va viloyatida giyohvandlik vositalarini tarqatişda gumonlangan şaxslar uşlandi. Tezkor tadbirlarda 500 gramm marixuana va 2 kilogrammdan ortiq mefedron olib qöyilgan. Xabarda uşbu moddalar 52 800 dozaga teng ekani qayd etilgan.

Toşkentda internet narkodökonida ishlaganlikda gumon qilingan yoshlar ushlangan
Maʼlum qilinishicha, 2004-yilda tug‘ilgan uch nafar shaxs «Treker» avtomobilida giyohvandlik vositalarini tarqatayotgan paytda ushlangan. Ular guruhda omborchi hamda moddalarni yashirin joylarga qoldiruvchi tarqatuvchi vazifalarini bajarganlikda gumon qilinmoqda.
Ularning yashash xonadoni va ijaraga olingan dala hovlilari ham ko‘zdan kechirilgan. Giyohvandlik vositalaridan tashqari, 1000 dona zip-paket, tarozilar va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Guruhning boshqa aʼzolarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar Yuqori Chirchiq tumanida davom ettirilgan. U yerda ochiq dala maydoniga yashirilgan sintetik giyohvandlik vositalarini olish uchun kelgan shaxslar va ularning sheriklari ushlangani bildirilgan.
Ushlanganlar orasida turli taʼlim muassasalarida o‘qiyotgan yoshlar hamda ilgari sudlangan shaxslar bor. Xabarda 1999, 2000, 2001 va 2007-yillarda tug‘ilgan shaxslar tilga olingan.
Tezkor surishtiruv maʼlumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar bir necha oy davomida internet narkodokoni tashkilotchilarining topshiriqlarini bajarib kelgan. Ular dastlab tarqatuvchi, keyinchalik esa omborchi vazifasida ishlagani aytilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

