Mahalliy

Toshkent shahri va viloyatida qariyb 2 kg giyohvandlik vositasining tarqalishiga chek qo‘yildi

Toshkent shahri va viloyatida qariyb 2 kg giyohvandlik vositasining tarqalishi to‘xtatildi

Toshkent shahri va viloyatida narkojinoiy guruh a’zolarini ushlashga qaratilgan ketma-ket tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirildi. Natijada qariyb 2 kilogramm giyohvandlik vositalarining aholi orasiga tarqalib ketishining oldi olindi.

Toshkent viloyatida 1965 va 1961-yillarda tug‘ilgan, avval sudlangan aka-uka — omborchi va narkokuryerlar Orlando avtomobilida Bektemir tumani hududidagi dala maydonida yashirib ketilgan 550 gramm mefedronni olib, qochishga uringan paytda qo‘lga olindi. IIV ma’lumotiga ko‘ra, ular narkodo‘kon kuratori topshirig‘iga binoan jinoiy sheriklikda faoliyat yuritgan.

Shundan keyin narkojinoiy guruhning boshqa a’zolarini aniqlash va qo‘lga olishga qaratilgan tadbirlar Toshkent shahrida davom ettirildi. Yunusobod tumanida 1992-yilda tug‘ilgan, avval sudlangan shaxsning yonidan 202 gramm mefedron, yashash xonadonidan esa yana 200 gramm mefedron, tarozi, “zip” paketlar va qadoqlash uchun mo‘ljallangan izolenta topildi. Keyingi tadbirda shu guruhning muqaddam sudlangan “zakladchig”i kurator tashlab ketgan lokatsiyadan 50 gramm mefedronni olayotgan vaqtda ushlandi.

Guruh faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha Sergeli tumanida o‘tkazilgan tadbirda esa 2008-yilda tug‘ilgan qizning xonadonidan 280 gramm “Alfa-PVP”, 300 gramm mefedron va 81 gramm gashish aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari yakunida jami qariyb 2 kilogramm giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi va guruhning narkotik moddalarni tarqatishga qaratilgan faoliyatiga chek qo‘yildi. Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.