Mahalliy

Toshkentdagi samolyotlarga yonilgʻi qұyish majmuasini sotib olishga beshta investor qiziqish bildirdi

Talabnomalar moliyaviy va qonunchilik talablariga muvofiqligi, shuningdek, investorlarning xalqaro sanktsiyalar roʻyxatida mavjud emasligi boʻyicha tekshiriladi. Mezonlarga javob beradigan ishtirokchilar savdolarning keyingi bosqichiga taklif qilinadi.

Besh nafar investor Toshkentdagi samolyotlarga yoqilgʻi qұyish majmuasini sotib olishga qiziqish bildirdi

Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan zamonaviy havo kemalariga yoqilgʻi qұyish majmuasini sotib olish boʻyicha besh nafar investor talabnoma topshirdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi maʼlum qildi.

Idora maʼlumotlariga koʻra, majmuani xususiylashtirish boʻyicha ochiq savdolarning birinchi bosqichi — qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi talabnomalarni (Expression of Interest, EoI) qabul qilish yakunlandi. Belgilangan muddat — 2026 yil 23 oktyabrga qadar besh nafar investor tomonidan talabnomalar kelib tushgan.

Xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida Ernst & Young xalqaro kompaniyasi jalb etilgan. Birinchi bosqichda u potentsial investorlarga loyiha haqida maʼlumotlar taqdim etdi va marketing ishlarini olib bordi.

Endilikda kelib tushgan talabnomalar bir nechta mezonlar boʻyicha baholanadi: investorlarning moliyaviy imkoniyatlari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, shuningdek, talabgorlarning xalqaro sanktsiya roʻyxatlarida yoʻqligi.

Belgilangan talablarga javob beradigan investorlar savdolarning keyingi bosqichiga — majburiy takliflarni (Binding Offer, BO) topshirishga taklif qilinadi.

Agentlik savdolarning keyingi bosqichlari haqida jamoatchilikni xabardor qilib borishini maʼlum qildi. Shu bilan birga, idora jarayonni oʻtkazish muddatlari va tartibini oʻzgartirish, alohida investorlar bilan muzokaralarni toʻxtatish yoki sotish jarayonini bekor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Samolyotlarga yoqilgʻi qұyish majmuasi savdoga qoʻyilgani haqida 23 sentyabr kuni maʼlum boʻlgan edi.

Majmua Sergeli tumanidagi Qumariq koʻchasida joylashgan. Yer uchastkasining umumiy maydoni 11 gektarni, bino va inshootlar maydoni esa 6 076 kvadrat metrni tashkil etadi. Obʼyekt gaz, suv va elektr energiyasi bilan taʼminlangan.

Savdolar mahalliy va xorijiy investorlar uchun ochiq boʻlib, ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda talabnomalar Toshkent vaqti bilan 23 oktyabr soat 23:59 gacha qabul qilindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.