Mahalliy

Toshkentda yo‘lni nosoz holatga keltirgan mas’ullar jarima tortildi

Mirzo Ulug‘bek tumanida elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan tegishli ruxsatnomasiz qazish ishlari olib borilgani ma’lum bo‘ldi. Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.

Toshkentda yo‘lni nosoz holatga keltirgan mas’ullar jarimaga tortildi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalardan birida qazish ishlarini olib borgan tashkilot xodimlari yo‘lni qayta ta’mirlamasdan ketib qolgani aniqlandi.

“Daryo” so‘rovidan so‘ng Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi mazkur holat yuzasidan o‘rganish olib bordi. Tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, “Nurli zamin” ko‘chasida tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tegishli ruxsatnomasiz qazish ishlarini amalga oshirgan.

Tuman ETKning mas’ul xodimiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasi birinchi qismi bilan — tegishli ruxsatnoma olmasdan qazish ishlarini olib borgani uchun bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, yo‘lni qayta tiklash ishlari o‘z vaqtida bajarilmagani sabab tuman obodonlashtirish boshqarmasining yo‘l bo‘limi boshlig‘i ham ma’muriy jazoga tortilgan, — dedi inspeksiya xodimi Zahriddin G‘aybullayev.

Inspeksiya xodimi alohida ta’kidlaganidek, yo‘llarda qazish yoki kovlash ishlarini boshlashdan oldin belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma olish majburiy.

Qo‘shimcha qilinishicha, qazilgan joylar tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ta’mirlanib, dastlabki holatiga keltirilgan.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasiga ko‘ra, yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga soluvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish, shuningdek, yo‘l harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari (2 mln 200 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa yigirma baravari (8 mln 800 ming so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.