Mahalliy

Toshkentda ko‘p qavatli uyga tutash hududda o‘zboshimchalik bilan inshoot qurilgani aniqlandi

Toshkentda ko‘p qavatli uyga tutash hududda o‘zboshimchalik bilan inshoot qurilgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentning Shayxontohur tumanida ko‘p qavatli uyga tutash hududda o‘zboshimchalik bilan barpo etilgan qurilma sud qaroriga ko‘ra majburiy tarzda bartaraf etilmoqda. Bu haqda poytaxt hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Qoratosh” mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi mulkdorlarning murojaati o‘rganilganda, fuqaro tomonidan uyga tutash hududda belgilangan tartibda ruxsatsiz qurilma qurilgani aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha fuqaroga qurilmani belgilangan muddatda bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma berilgan. Ammo ko‘rsatma talablari bajarilmagach, fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga da’vo arizasi kiritilgan.

Sud qaroriga asosan hozirda o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani majburiy bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerga o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy buzilgani haqida xabar berilgandi.

8-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan fuqaroning uy-joyi ogohlantirishsiz buzilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘rganish jarayonida ushbu holat Denov tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 2025-yil 29-dekabrdagi ijro hujjati asosida amalga oshirilgani aniqlangan.

Voqeadan keyin masala Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan shaxsan nazoratga olinib, Ulugʻbek Qosimov uyi buzilgan er-xotin bilan suhbat o‘tkazdi. Fuqaroning uy-joy masalasi e’tibordan chetda qolmasligi, uning manfaatlari ta’minlanishi uchun yangi turar joy qurib berilishi ma’lum qilindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.