Toshkentda yana to‘rtta ko‘chada avtobuslar uchun alohida yo‘lak quriladi
Loyihalarni tayyorlash va dastlabki xarajatlar uchun 6,5 milliard so‘m ajratish belgilandi

Toshkentda yana to‘rtta ko‘chada avtobuslar uchun alohida yo‘lak barpo etiladi
Toshkent shahrida umumiy uzunligi 17,9 kilometr bo‘lgan to‘rtta yo‘nalishda avtobuslar uchun alohida ajratilgan yo‘laklar (BRT) tashkil qilinadi. Loyihalarni tayyorlash va dastlabki xarajatlar uchun 6,5 milliard so‘m ajratish belgilandi.
Toshkent shahar hokimining 2026-yil 29-oktyabrdagi tegishli qaroriga binoan, poytaxtda jamoat transporti ustuvorligini oshirish, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish hamda ko‘chalarda avtobuslar harakatini yaxshilash maqsadida bir qator yo‘llarni ta’mirlash va alohida avtobus yo‘laklarini qurish rejalashtirilgan.
Xususan, quyidagi ko‘chalarda BRT yo‘laklari tashkil etiladi:
Qarorga ko‘ra, qurilish-ta’mirlash ishlari tijorat banklari kreditlari, Toshkent shahar hokimligining Yo‘l va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, buyurtmachining qurilish-ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlari va loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasidan dastlabki 6,5 milliard so‘m ajratish choralari ko‘riladi. Bu mablag‘ barcha qurilish ishlarining yakuniy qiymati sifatida belgilanmagan.

