Mahalliy

Toshkentda oktyabr oyida PM2.5 kontsentratsiyasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamaydi

Toshkentda 2026 yil oktyabr oyining dastlabki 19 kunida mayda dispersli PM2.5 zarrachalarining kontsentratsiyasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamaydi. Bu haqda OAV uchun kontent tayyorlash markazida oʻtkazilgan brifingda avtomatik monitoring stantsiyalari maʼlumotlariga tayanib xabar berildi. Green University huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Doniyor Turgʻunovning soʻzlariga koʻra, ushbu davrda […]

Toshkentda oktyabr oyida PM2.5 kontsentratsiyasi oʻtgan yilga nisbatan 40 foizga kamaydi

2026 yil oktyabr oyining dastlabki 19 kunida Toshkentda PM2.5 mayda dispersli zarrachalar kontsentratsiyasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamaydi.

Bu haqda OAV uchun kontent tayyorlash markazida oʻtkazilgan brifingda avtomatik monitoring stantsiyalari maʼlumotlariga tayanib xabar berildi.

Green University huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Doniyor Turgʻunov taʼkidlaganidek, ushbu davr mobaynida PM10 kontsentratsiyasi ham 56 foizga kamaygan.

Umuman olganda, 1 yanvardan 19 oktyabrgacha boʻlgan davrda Toshkentda PM2.5 ning oʻrtacha darajasi 2025 yilning mos davriga nisbatan 28 foizga, PM10 esa 32 foizga kamaydi.

Kuzda havo holatiga tabiiy chang, binolarni isitish, transport va sanoat tashlanmalari taʼsir qiladi. Jahon banki va Ekologiya qoʻmitasi tadqiqotiga koʻra, Toshkentda PM2.5 ning yillik manbalarining 36 foizi shamol uchirib keladigan changga, 28 foizi binolarni isitishga, 16 foizi transportga va 13 foizi sanoatga toʻgʻri keladi.

Oktyabr oyi boshida, 28 sentyabrdan 6 oktyabrgacha, PM2.5 namunalarida tabiiy chang bilan bogʻliq komponentlar ulushi 52 foizdan 78 foizgacha, oʻrtacha 64 foizni tashkil etdi. 13–14 oktyabr kunlari bu koʻrsatkich 47–52 foiz oraligʻida boʻldi.

Bundan tashqari, 2026 yilda Toshkentda koʻrib chiqilayotgan davrda AQI indeksi boʻyicha havo sifati zararli darajada boʻlgan kunlar qayd etilmadi. Havo sifati PM2.5 koʻrsatkichi boʻyicha moʻʼtadil yoki undan yaxshiroq deb baholangan kunlar soni 21 tadan 38 taga oshdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.