Toshkentda noqonuniy qurilgan 61 ta koʻp qavatli bino aniqlandi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi muhokama chogʻida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Toshkentda noqonuniy qurilgan koʻp qavatli uylar soni 720 tani tashkil etishini yanglish koʻrsatib oʻtdi.

Toshkentda 61 ta noqonuniy qurilgan koʻp qavatli bino aniqlandi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Toshkent shahrida noqonuniy qurilgan koʻp qavatli uylar soni boʻyicha maʼlumot keltirdi.
Qayd etilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi muhokamalar davomida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining javobida Toshkent shahrida noqonuniy qurilgan koʻp qavatli uylar soni 720 tani tashkil etishi aytilgan edi.
Vazirlik maʼlumotiga koʻra, Toshkent shahrida jami 320 dan ortiq noqonuniy qurilish obʼyektlari aniqlangan. Ushbu koʻrsatkich turli toifadagi bino va inshootlarni, shu jumladan yakka tartibdagi uylar va kichik obʼyektlarni — doʻkonlar, savdo shoxobchalari, kichik pavilonlar va boshqa qurilmalarni oʻz ichiga oladi. Muhokamada tilga olingan koʻp qavatli uylar soni esa 61 tani tashkil etadi.
«Biz tomonimizdan taqdim etilgan javobda qurilish obʼyektlarining umumiy soni koʻp qavatli uylar soni sifatida koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu xatolik uchun uzr soʻraymiz», — deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq poytaxt hokimligining Qurilish masalalari boʻyicha kotibiyati rahbari Jasur Karimov Kun.uz'ga Toshkentdagi oxirgi xatlov yakunlariga koʻra, 70 dan ortiq obʼyektdagi 173 ta koʻp qavatli uyda qurilish qonunchiligi buzilgani aniqlanganini maʼlum qilgan edi.

