Mahalliy

Toshkentda maktab-internati o‘quvchisi yotoqxonaning 4-qavatidan tushib ketib, vafot etdi

Toshkentda maktab-internat o‘quvchisi yotoqxonaning 4-qavatidan yiqilib, hayotdan ko‘z yumdi

Toshkentda maktab-internat o‘quvchisi yotoqxonaning 4-qavatidan tushib ketib, vafot etdi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ushbu holatni tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, o‘quvchi Sh.J. bundan 10 kun avval maktab-internat yotoqxonasining to‘rtinchi qavatidan tushib ketgan.

U og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan, ammo 15-sentyabr kuni vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘quvchi matematika va ilmiy yo‘nalishdagi respublika hamda xalqaro tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelgan. 2026-yilda Olmaota shahrida o‘tkazilgan yosh tadqiqotchilar xalqaro turnirida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.