Mahalliy

Temir bilaguzuk yutgan oʻquvchi: 151-maktabda nima boʻlgan?

Toshkentda 3-sinf oʻquvchisi maktab hojatxonasida bilaguzuk yutishga majburlangani yuzasidan tekshiruv ketmoqda. Maktab direktorining aytishicha, voqea 1-soatda roʻy bergan boʻlsa, shundan keyingi darslarda ham, ertasi kuni ham bola darslarda faol boʻlgan, unda tushkun kayfiyat sezilmagan. Shifokorning soʻzlariga koʻra, operatsiyadan keyin bemorning ahvoli hamon ogʻir, ammo yaxshilanishi kutilyapti.

**Temir bilaguzuk yutgan oʻquvchi: 151-maktabda nima yuz berdi?**

Toshkentda 3-sinf oʻquvchisining maktab hojatxonasida bilaguzuk yutishga majburlangani haqidagi holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. Maktab direktorining aytishicha, voqea 1-soatda sodir boʻlgan boʻlsa-da, undan keyingi darslarda ham, ertasi kuni ham bola faol boʻlgan va unda tushkun kayfiyat sezilmagan. Shifokor esa operatsiyadan keyin bemorning ahvoli hanuz ogʻirligini, biroq yaxshilanishi kutilayotganini bildirgan.

Toshkentdagi 151-maktabda 3-sinf oʻquvchisi hojatxonaga chiqqan paytda yuqori sinf oʻquvchilari uni temir braslet yutishga majburlagani aytilmoqda. Natijada bola ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan, ichagining besh santimetri olib tashlangan.

Maktab direktori Sevara Zufarovaning soʻzlariga koʻra, holat 3-sentabr kuni taxminan 12:30 larda yuz bergan.

“Oʻquvchi maktabga kelib, 1-soatda (2-smena) hojatxonaga chiqib kelishga oʻqituvchisidan ruxsat soʻragan. Oradan 10 daqiqa oʻtmasdan darsga qaytib kelgan, kayfiyati yaxshi boʻlgan. Oʻsha kuni matematika darsida doskada vazifalarni bajargan. Kechgacha 4 soatlik darslarda faol boʻlgan. Kayfiyati yomonligini oʻqituvchi sezmagan. Ertasiga, 4-sentabrda ham oʻquvchi darsga kelgan, darslarda faol boʻlgan. Noxush holga tushgani, kimdir xafa qilgani boʻyicha sinfdoshlari ham, sinf rahbari ham hech narsa sezmagan.

Vaziyatdan yakshanba kuni, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishidan sal avval xabar topdik. Onasiga bogʻlanib, dori-darmonlar yetkazib berdik – moddiy yordam koʻrsatishga harakat qildik, bu insoniylik maqsadida qilindi, chunki hamma oʻquvchi bizning farzandimiz”, – deydi u.

Maktab direktori bu holat yuzasidan psixologlar ham oʻquvchilar bilan ishlayotganini aytdi.

Bu ishni kim qilgani esa hali aniq emas. Yuqori sinf oʻquvchilari qilgani haqidagi gaplar bolaning onasiga farzandi aytgan maʼlumot va uning taxminiga asoslangan.

“Bizda 4 qavatli yangi bino qurib bitkazildi va 2-sentabr kuni biz shu binoda oʻquvchilarni qabul qildik. Bu binoda faqat boshlangʻich sinflar – 1-4-sinf oʻquvchilari oʻqiydi. U yerga yuqori sinf oʻquvchilari borishi va dars jarayonida oʻtish imkoni yoʻq. Ijtimoiy tarmoqlarda esa yuqori sinf oʻquvchilari ekanligi gumon qilinyapti.

Vaziyatga toʻgʻri koʻz bilan qaraganda, bolaning onasi ijtimoiy tarmoqlarga chiqarganini toʻgʻri qabul qildim. Chunki bu holat bilan boshqa maktablardayam bunaqa holatlar yuzaga kelmasligi uchun ota-onalar yanada eʼtiborli boʻlishi kerakligini aytmoqchi boʻlgan. Buni koʻrgan boshqa maktablar jamoasi ham eʼtiborli boʻlishiga sabab boʻladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.