Mahalliy

Toshkentda Lacetti haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, daraxtga borib urildi. Video

Toshkentda Lacetti haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, daraxtga borib urildi. Video

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi tungi YHT oqibatlari aks etgan videokadrlar paydo boʻldi. Tasvirda kuzovning old qismiga jiddiy shikast yetgan Lacetti avtomobilini koʻrish mumkin. Poytaxt IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yuz bergan hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.

Idora xabariga koʻra, avariya 28 oktyabr kuni soat 02:30 larda Bunyodkor koʻchasida, Oliy Majlis binosi qarshisida sodir boʻlgan. 21 yoshli haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi daraxtga urilgan.

YHT oqibatida haydovchi jarohat olgan. U tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga yetkazilgan.

Hozirda YHXB xodimlari hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tekshiruv oʻtkazmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.