Mahalliy

Toshkent viloyatida avtobus va Lacetti to‘qnashdi, jarohatlanganlar bor

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 2-sentyabr kuni avtobus va Lacetti avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, natijada jarohatlanganlar bor. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Hodisa taxminan soat 18:30 da A373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 75-kilometrida sodir bo‘lgan. 1964-yilda tug‘ilgan haydovchi Isuzu rusumli avtobusni qayrilish mumkin bo‘lgan joydan burayotgan vaqtda, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan, 1997-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida yengil avtomobil haydovchisi hamda avtobusdagi ikki nafar yo‘lovchi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 24-iyul kuni Lacetti avtomobili ishtirokida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani xabar qilingan edi. O‘sha hodisada 31 yoshli haydovchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan, avtomobil salonidagi yo‘lovchilar esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.