Mahalliy

Toshkentda kasallangan, qurigan va shikastlangan daraxtlar reyestri yaratiladi

Toshkentda hokim qarori bilan kasalliklarga chalingan, shikastlangan, qurigan va xavf tugʻdiradigan daraxt hamda butalar xatlovdan oʻtkaziladi. Natijalarga koʻra, xavfli deb topilgan daraxtlar yoki ularning qismlari olib tashlanadi. Maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgarlik tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatildi.

Toshkentda kasallangan, qurigan va shikastlangan daraxtlar reyestri yaratiladi

Toshkentda davlat oʻrmon fondiga kiritilmagan, kasalliklarga chalingan, shikastlangan, tabiiy omillar va zararkunandalar tufayli qurigan, shuningdek, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxt va butalar xatlovdan oʻtkaziladi. Bu hokim Shavkat Umurzoqovning 7 oktyabrdagi qarorida koʻzda tutilgan.

Oʻrganish yakunlariga koʻra, daraxt va butalarning soni, turi, holati, yoshi, joylashgan joyi va boshqa parametrlari koʻrsatilgan reyestr shakllantiriladi.

Ishga hokimning birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonov rahbarligidagi ishchi guruh boshchilik qiladi. U joylarga chiqqan holda daraxtlarni oʻrganishi, maʼlumotlarni qayta ishlashi, umumlashtirishi va daraxtlar reyestriga kiritishi lozim. Aniqlangan kasallangan, qurigan va xavf tugʻdiradigan daraxt va butalar boʻyicha hududga masʼul shaxslar ularni kesish uchun ruxsatnoma olishga ariza berishlari kerak boʻladi.

Maʼlumotlar boshqarmalar, tashkilotlar va korxonalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi va imzolanishi lozim, ular maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgar boʻladilar. Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasiga taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlash uchun oʻrganish natijalarini tanlab olish yoʻli bilan joyida tekshirish topshirildi. Boshqarma har chorakda poytaxt hokimligiga umumlashtirilgan maʼlumotlarni taqdim etib boradi.

Shahar hokimligi matbuot xizmati «Gazeta»ga bergan izohida qarorning asosiy maqsadlari — «yashil maydonlar holatining xolis manzarasini olish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni aniqlash va Toshkentning yashil fondini saqlab qolgan holda shaharliklar xavfsizligini taʼminlash» ekanini taʼkidladi.

«Kasallangan, qurigan va shikastlangan daraxtlarga alohida eʼtibor qaratiladi. Ammo shuni tushunish muhimki, xavf har doim ham butun daraxtdan kelib chiqmaydi. Baʼzan, ayniqsa, kuchli shamol va noqulay ob-havo sharoitida alohida qurigan yoki shikastlangan shoxlar xavf tugʻdiradi», — deya qayd etdi maʼmuriyat.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.