Toshkentda HOWO, Lacetti va Spark toʻqnashdi
Toshkentning Yashnobod tumanida HOWO yuk mashinasi, Lacetti va Spark ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Hodisada hech kim jarohatlanmagan.

Toshkentda HOWO, Lacetti va Spark toʻqnashdi
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, avariya 30-sentabr kuni soat 12:00 lar atrofida Fargʻona yoʻli koʻchasida, Fargʻona bozori roʻparasidagi koʻprikning chiqish qismida sodir boʻlgan.
1996-yilda tugʻilgan A.Y. boshqaruvidagi HOWO rusumli maxsus yuk mashinasi harakat yoʻnalishini chapga oʻzgartirgan paytda 1992-yilda tugʻilgan K.M. boshqaruvidagi Lacetti bilan toʻqnashgan.
Shundan keyin Lacetti haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, oʻng tomonda harakatlanayotgan Spark avtomobiliga urilgan.
Ayni paytda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

