Yunusobodda Spark yoʻl belgisi ustuniga urildi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Spark haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl belgisi ustuniga urildi. Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Yunusobodda Spark yo‘l belgisi ustuniga borib urildi
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 23-sentabr kuni soat 09:20 lar atrofida Bog‘ishamol ko‘chasida yuz bergan.
Asosiy yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan, 1973-yilda tug‘ilgan haydovchi Spark avtomobilini boshqarish ustidan nazoratni yo‘qotgan. Shundan so‘ng mashina yo‘lning qatnov qismiga o‘rnatilgan yo‘l belgisi ustuniga urilgan.
Rasmiy xabarda jabrlanganlar haqida ma’lumot keltirilmagan. Holatni Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari o‘rganmoqda.
YHXB haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishni va charchoq holatida transport vositasini boshqarmaslikni eslatgan.

