Toshkentda bir kishi qurib berilmagan zinapoya uchun 3 900 dollar berdi
Toshkentda qurilish ishlarini bajarishda sodir etilgan deb taxmin qilinayotgan firibgarlik holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi. Idora maʼlumotlariga koʻra, Olmazor tumanida yashovchi Zokirjon uyi yonidagi qoʻlbola zinapoyani almashtirishga qaror qilgan. Tanishlari orqali u usta topgan va u bilan konstruktsiya hamda ishlar qiymatini kelishib olgan. Yangi zinapoyaning narxi 3 900 dollarni tashkil etgan. Ijrochi pulni toʻliq […]

Toshkentda bir erkak qurilmay qolgan zinapoya uchun 3 900 dollar toʻladi
Toshkentda qurilish ishlarini bajarishdagi firibgarlik holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Idora aniqlik kiritishicha, Olmazor tumanida yashovchi Zokirjon uyi yonidagi qoʻlbola zinapoyani yangilamoqchi boʻlgan. U tanishlari orqali usta topib, u bilan zinapoya konstruktsiyasi va ish narxini kelishib olgan.
Yangi zinapoya 3 900 dollarga baholangan. Ijrochi qurilish materiallarini oldindan sotib olish zarurligini roʻkach qilib, barcha pullarni oldindan toʻlashni talab qilgan.
Pulni olgan usta ishga kirishmagan va qoʻngʻiroqlarga javob bermay qoʻygan. Bu vaqtda esa buyurtmachi qurilish yaqin orada boshlanishiga ishonib, eski zinapoyani buzib boʻlgan edi.
Erkak Olmazor tumani IIO FMBga murojaat qildi. Tergov boʻlimi tomonidan 2003 yilda tugʻilgan Muzaffarxon M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot idoralari sodir boʻlgan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashi va gumonlanuvchining harakatlariga huquqiy baho berishi kerak boʻladi.

