Mahalliy

Toshkent va viloyatda uchta firibgarlik va tovlamachilik holati aniqlandi

Toshkent va viloyatda uchta firibgarlik va tovlamachilik holati aniqlandi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida oʻqish hamda ish joyini saqlab qolish bilan bogʻliq masalalarni hal qilib berish evaziga pul olish bilan bogʻliq uchta firibgarlik va tovlamachilik holati fosh etildi. Ikki holatda gumonlanuvchilar jami 13 ming dollar, yana bir holatda esa 5 million soʻm olishgan.

Toshkentning Yakkasaroy tumanida bir shaxs 12 ming dollar olayotgan vaqtda qoʻlga olindi. «Oʻzbekiston 24» telekanali xabar berishicha, ushbu erkak bu pul evaziga boshqa bir fuqaroning oʻqishga kirishiga yordam berishni vaʼda qilgan.

Poytaxtning Mirobod tumanida boshqa bir shaxs talabani toʻrtinchi kursga oʻtkazib berish vaʼdasi uchun ming dollar olgan. U ham ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Yana bir holat Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qibray tumani boʻlimi xodimlari tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda aniqlandi.

«Toza hudud» davlat unitar korxonasining Yangiyoʻl shahri va Yangiyoʻl tumani filiallari rahbari oʻz qoʻl ostidagi xodimdan besh million soʻm olgan. Tergov maʼlumotlariga koʻra, pullar xodimni ishdan boʻshatmaslik va unga toʻsiqlarsiz ishlashni davom ettirishga ruxsat berish vaʼdasi evaziga berilgan.

Uchtala holat boʻyicha ham jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Namanganda Xalq qabulxonasining muqaddam sudlangan xodimi uy qurish uchun yer uchastkasi rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, 1,5 ming dollar olayotgan vaqtda qoʻlga olingan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.