Mahalliy

Toshkentda ichki ishlar inspektori 7,5 ming dollar olayotganda ushlandi

U fuqaroni soxta hujjatlar asosida xususiy OTMga kiritishga yordam bermoqchi bo‘lgan.

Toshkentda ichki ishlar inspektori 7,5 ming dollar olayotgan paytda qo‘lga olindi

OTMga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlangan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oliy ta’lim muassasasiga noqonuniy tarzda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Jumladan, 1997-yilda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, tanishlari yordamida uni go‘yoki Rossiya Federatsiyasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birida 2 yil o‘qiganligi haqidagi soxta hujjatlar asosida poytaxtdagi xususiy oliygohning 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 8 ming AQSh dollari so‘ragan va 7500 dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Keyin tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsdan 7500 AQSh dollarini olayotgan paytda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida ro‘yxatda turib, Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro ham qo‘lga olindi.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida bu noqonuniy ishga Yakkasaroy tumani IIO FMBning inspektor-psixologi ham aloqador ekani ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirildi.

Natijada, inspektor ham 7500 dollarni olayotgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.