Toshkentda AESning boʻlajak mutaxassislarini tayyorlash uchun atom sinflari ochiladi
Toshkentdagi ikkita akademik litseyda ixtisoslashtirilgan atom sinflari tashkil etiladi. Oʻquvchilar fizika, matematika va informatika fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻrganadilar, shuningdek, MIFI MTYAUning Toshkent filialiga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻradilar. Oliy oʻquv yurtidan maʼlum qilinishicha, loyiha I. M. Gubkin nomidagi RF va gaz RDU huzuridagi akademik litsey hamda TIQXMI huzuridagi International House-Tashkent litseyi bazasida amalga oshiriladi. Buning uchun tomonlar […]

Toshkentda AEC boʻlajak mutaxassislarini tayyorlash uchun atom sinflari ochiladi
Toshkentning ikkita akademik litseyida ixtisoslashtirilgan atom sinflari tashkil etiladi. Oʻquvchilar fizika, matematika va informatika fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻrganadilar, shuningdek, MIFI Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filialiga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻradilar.
Oliy oʻquv yurti tomonidan maʼlum qilinishicha, loyiha I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining akademik litseyi hamda "International House-Tashkent" akademik litseyi bazasida yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun tomonlar hamkorlik memorandumlarini imzoladilar.
Dastur nafaqat qoʻshimcha mashgʻulotlarni oʻz ichiga oladi. Oʻquvchilar atom sohasi mutaxassislarining maʼruza va seminarlariga tashrif buyurishlari, olimpiadalar va ilmiy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin boʻladi. Bundan tashqari, ular uchun kasbga yoʻnaltiruvchi uchrashuvlar va ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurtiga kirish uchun tayyorgarlik tashkil etiladi.
Shu tariqa, oʻquvchilar kasbiy tayyorgarlikni hali litseyning oʻzidayoq boshlash imkoniga ega boʻladilar. Kegusida ular sohaviy yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishni davom ettirishlari va Oʻzbekistonning atom sohasida kasb egasi boʻlishlari mumkin.
Tashabbus mamlakatda yadro energetikasining rivojlanishi va malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyoj bilan bogʻliq.

