Oʻzbekistondan 900 ga yaqin talaba Rossiya oliy oʻquv yurtlarida atomchilik mutaxassisligi boʻyicha tahsil olmoqda
900 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi Rossiya oliy oʻquv yurtlarida atom va turdosh mutaxassisliklar boʻyicha tahsil olmoqda. Soha uchun kadrlar tayyorlash doirasida boʻlajak mutaxassislar Rossiyadagi faoliyat yuritayotgan reaktorlarda amaliyot oʻtamoqda va maxsus trenajyorlarda ishlashni oʻzlashtirmoqda.

Oʻzbekistondan 900 ga yaqin talaba Rossiya oliy oʻquv yurtlarida atom taʼlimini olmoqda
900 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi Rossiya universitetlarida atom va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha tahsil olmoqda. Soha uchun kadrlar tayyorlash jarayonida boʻlajak mutaxassislar amaldagi Rossiya reaktorlarida amaliyot oʻtamoqda va maxsus trenajyorlarda koʻnikmalarini mustahkamlamoqda.
Bu haqda "Rosatom" rahbari Aleksey Lixachev 23 oktyabr kuni "Atom-2050" yoshlar forumida maʼlum qildi. yana 350 ga yaqin talaba MIFIning Toshkent filialida tahsil olmoqda.
Kichik atom reaktorlari uchun xodimlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekistondagi bunday qurilmalarda ishlash uchun mutaxassislarni oʻqitish boʻyicha dastlabki shartnomalar 2027 yilda kutilmoqda.
Bu orada boʻlajak AES maydonida ming ortiq kishi mehnat qilmoqda. Lixachevning soʻzlariga koʻra, kelgusi yilda ularning sonini ikki baravarga oshirish rejalashtirilgan, qurilish avj olgan paytda esa bu koʻrsatkich 12–13 ming kishigacha oʻsishi mumkin. "Rosatom" rahbari, shuningdek, Oʻzbekiston pudratchilari loyiha boʻyicha ishlarning 40 foizigacha boʻlgan qismini bajarishi mumkinligini aytdi.
Lixachev, shuningdek, "Rosatom" amaldagi loyiha yakunlangach, Oʻzbekistondagi yangi atom loyihalarida ishtirok etishga tayyorligini qoʻshimcha qildi. U hamkorlikni ehtimoliy kengaytirishning aniq parametrlarini ochiqlamadi.
Kuni kecha "Oʻzatom" va "Rosatom" delegatsiyalari Jizzax viloyatining Forish tumanida atomchilar shaharchasi qurilayotgan maydonda boʻldi. Loyiha 33 mingga yaqin aholi uchun 10 mingga yaqin xonadon, shuningdek, maktablar, bogʻchalar, tibbiyot muassasalari va boshqa infratuzilma obʼyektlarini qurishni nazarda tutadi.

