Toshkentda 7 oylik psixolog mutaxassisligiga tayyorlov kursiga qabul boshlandi
O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 7 oylik qayta tayyorlov kursidan so‘ng davlat namunasidagi diplom bilan rasmiy psixolog sifatida ish boshlash imkoniyatini taklif etmoqda.

Toshkentda 7 oylik psixolog mutaxassisligiga tayyorlov kursiga qabul boshlandi.
Mamlakatda psixologiya sohasiga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir paytda, qisqa muddat ichida rasmiy diplomga ega bo‘lish imkoniyati taqdim etilmoqda. O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi respublika bo‘yicha psixologiya yo‘nalishida davlat diplomini beruvchi yagona qayta tayyorlov kursiga qabulni e’lon qildi.
Ushbu kurs 7 oy davom etadi va uni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi. Darslar ham nazariy, ham nufuzli muassasalarda tashkil etiladigan amaliy mashg‘ulotlarni qamrab oladi.
O‘qish istagida bo‘lganlar quyidagi beshta asosiy yo‘nalishdan birini tanlashi mumkin:
* Ta’lim psixologiyasi
* Tibbiyot psixologiyasi
* Biznes psixologiyasi
* Oila psixologiyasi
* Huquq va tartibot psixologiyasi
Tinglovchilarga qulaylik yaratish maqsadida o‘quv jarayonlari ham onlayn, ham oflayn shakllarda tashkil etilgan. Qayta tayyorlov kursini bitirgan mutaxassislar amaldagi qonunchilik talablari asosida ta’lim, sog‘liqni saqlash, huquq-targ‘ibot organlari hamda boshqa vazirliklar tizimidagi muassasalarda psixolog sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi.
Hujjatlar joriy yilning 10-sentyabriga qadar qabul qilinadi. Kurs va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin:
* +998909474833
* +998905660932
* +998971072747

