Mahalliy

Ikkinchi mutaxassislikka qabul 10-avgustda yakunlanadi

2026-2027 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga onlayn ariza qabul qilish 10-avgust kuni yakunlanadi. Nomzodlar shu kunni ham qo‘shib hisoblaganda my.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirishi mumkin.

Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha qabul jarayoni 10-avgust kuni nihoyasiga yetadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishni xohlovchi fuqarolar o‘z arizalarini my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshirishlari mumkin.

Ariza topshirish jarayonida nomzod pasport va JShShIR ma’lumotlarini kiritishi, shuningdek, diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklashi shart. Bundan tashqari, o‘qishni istagan oliy ta’lim muassasasi va tegishli ta’lim yo‘nalishini tanlashi lozim.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ikkinchi mutaxassislikka qabul kvotalari har bir oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasiga asoslanib belgilanadi. Qabul parametrlarini OTM kengashi mustaqil ravishda tasdiqlaydi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul natijalari oliy ta’lim muassasalari tomonidan 30-avgustgacha e’lon qilinadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.