Sport

Toshkentda 24 mingdan ortiq yuguruvchi ishtirokida xalqaro yarim marafon boʻlib oʻtdi

Toshkentda 24 mingdan ortiq yuguruvchi ishtirokida xalqaro yarim marafon boʻlib oʻtdi

Poytaxtda "Tashkent International Half Marathon" xalqaro yarim marafoni boʻlib oʻtdi, unda 5 va 21,097 kilometr masofalarga oʻtkazilgan yugurish musobaqalari 24 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirdi.

Rasmiy ochilish marosimida mamlakat rahbariyati vakillari ishtirok etib, Oʻzbekistonda ommaviy sport yildan-yilga rivojlanib borayotganini hamda bu kabi musobaqalar aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.

Musobaqa yakunlariga koʻra, erkaklar oʻrtasida 5 kilometr masofaga yugurishda Eldor Botirov gʻalaba qozondi, ikkinchi oʻrinni Ruslan Xadjiyev, uchinchi oʻrinni esa Behruz Shavkatov egalladi. Ayollar oʻrtasida 5 kilometr masofaga yugurishda Alina Xakimova birinchi boʻldi, Maftuna Ahmedova marraga ikkinchi boʻlib yetib keldi, sovrindorlar uchligini esa Kamola Ablayeva yakunlab berdi.

Erkaklar oʻrtasida 21,097 kilometr masofaga yarim marafon bahslarida birinchi oʻrinni Andrey Petrov egalladi, kumush medal Hasan Mirsoatovga, bronza esa Baxtiyor Oʻtkirovga nasib etdi. Ayollar oʻrtasida xuddi shu masofada Marjona Ahmadaliyeva eng yaxshi natijani koʻrsatdi, Sadafbonu Nusratulloyeva ikkinchi, Arofatxon Imomaliyeva esa uchinchi boʻldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.