Toshkentda yarimmarafon o‘tkazilishi munosabati bilan qator ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi
6-sentabr kuni 'Toshkent xalqaro yarimmarafoni' o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtning ayrim ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklovlar soat 05:00 dan 14:00 gacha amal qiladi.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan yarimmarafon sababli ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Poytaxtda 6-sentabr kuni “Toshkent xalqaro yarimmarafoni” o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.
Musobaqa O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan. Ishtirokchilar va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6-sentabr kuni soat 05:00 dan 14:00 gacha quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi:
Agar ishtirokchilar va tomoshabinlar soni ko‘paysa, zaruratga qarab ushbu hududlarga tutash boshqa ko‘chalarda ham harakat vaqtincha cheklanishi mumkin.
Haydovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish, muqobil yo‘nalishlardan foydalanish hamda yo‘l belgilari va mas’ul xodimlar ko‘rsatmalariga amal qilish tavsiya etiladi.

