Toshkentda 100 ta zamonaviy jamoat hojatxonasi quriladigan manzillar tasdiqlandi
Bu haqda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 23-oktyabrdagi qarorida belgilangan.

Toshkentda 100 ta zamonaviy jamoat hojatxonasi barpo etiladigan joylar tasdiqlandi
Toshkent shahrining 12 ta tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida 100 ta zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchasi (hojatxona)ni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ularning manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.
Bu haqda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 23-oktyabrdagi qarorida belgilangan.
Hujjatga muvofiq, sanitariya-gigiyena shoxobchalari poytaxtning markaziy va turistik ko‘chalari, xiyobonlar, aholi hamda sayyohlar ko‘p boradigan hududlarda joylashtiriladi.
Xususan, yangi shoxobchalar uchun Qo‘yliq metro bekati, «Kompas» savdo markazi, «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, «Oloy» dehqon bozori, Chorsu mavzesi, «Xotira maydoni», «O‘zekspomarkaz» va boshqa jamoat joylari atrofidan hududlar ajratilgan.
Tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, shoxobchalar quyidagi tumanlarda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan:
Mazkur hududlar tadbirkorlarga davlat-xususiy sheriklik bitimi asosida 10 yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
Qarorda shoxobchalarni tashkil etishda shaharsozlik normalari va qurilish qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etilishi belgilangan.
Shuningdek, obyektlar joylashadigan yer uchastkalarining aniq chegaralari kadastr hujjatlari asosida belgilanadi. Hududlar yagona yoki alohida lotlar shaklida davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga beriladi.
Mazkur loyihalarni 2026-yilda amalga oshirish nazarda tutilgan.

