Mahalliy

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi

2026-yilda Toshkent shahrining markaziy va turizm ko‘chalari, xiyobonlar hamda aholi va sayyohlar tashrif buyuradigan obyektlar atrofida 100 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasi (hojatxona) tashkil etiladi. Shoxobchalar soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida quriladi.

Toshkentda 100 ta hojatxona barpo etiladi

Toshkent shahrining markaziy va turizm ko‘chalari, xiyobonlar hamda poytaxt aholisi va mehmonlari boradigan obyektlar atrofida 100 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasi (hojatxona) qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzakovning qarorida belgilangan.

Shoxobchalar 2026-yilda soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq, 100 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasini joylashtirish uchun zarur topografik ishlar bilan bog‘liq xarajatlarga 140,4 mln so‘m ajratish yuzasidan “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ kuzatuv kengashiga taklif kiritiladi.

Mazkur mablag‘ni Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot, shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tadqiqot instituti” MCHJga ajratish ko‘zda tutilgan.

Ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ ta’minlaydi. Toshkent shahri G‘aznachilik xizmati boshqarmasi esa mablag‘larni belgilangan tartibda moliyalashtirish choralarini ko‘radi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.