Mahalliy

Toshkentda 10 gektar maydonda “O‘zbekfilm kino shaharchasi” va Dolby Atmos studiyasiga ega dublyaj markazi quriladi

Toshkentda 'O‘zbekfilm'ning 10 gektar hududida kino xizmatlarini jamlagan 'Kino shaharchasi' va Dolby Atmos ovoz studiyasi bilan jihozlangan Dublyaj va ovozlashtirish markazi quriladi. Shuningdek, kino sohasida sun’iy intellektdan foydalanish dasturi qabul qilinib, milliy onlayn platforma ishga tushiriladi.

Toshkentda 10 gektar maydonda “O‘zbekfilm kino shaharchasi” va Dolby Atmos studiyasiga ega dublyaj markazi barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni kino sohasiga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish hamda “O‘zbekfilm” milliy kino brendini yaratish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi, deb xabar bermoqda uning matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, “O‘zbekfilm”ning 10 gektarlik hududida kino xizmatlari jamlangan yagona industrial klaster — “O‘zbekfilm kino shaharchasi” tashkil qilinadi.

Shaharcha hududida Dolby Atmos texnologiyasi asosida ovoz studiyasi bilan jihozlangan zamonaviy Dublyaj va ovozlashtirish markazi quriladi, shuningdek, mahsulotlarni monetizatsiya qilish imkonini beruvchi milliy onlayn kinoplatforma ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, malakali loyiha tashkilotini jalb qilgan holda shaharchaning master-rejasi va loyiha-smetasi ikki oy muddatda tayyorlanishi, qurilish ishlari esa kelgusi yilning mart oyidan boshlanishi belgilandi. Shu bilan birga, kino tizimidagi bo‘sh turgan davlat aktivlarini ochiq savdoga chiqarish topshirildi.

Yana bir jihat shuki, kino yaratishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish bo‘yicha bir oyda hamkorlik dasturi ishlab chiqiladi. Unda soha uchun yangi ta’lim dasturlarini tayyorlash, mutaxassislarni o‘qitish va ularning xorijda malakasini oshirish masalalari ham nazarda tutiladi.

Avvalroq davlat rahbari ijtimoiy tarmoqlar sabab odamlar kinoga bormay qo‘ygani yo‘qligi, xorij filmlari uchun zallar to‘layotgani, faqat tomoshabin didi o‘zgarganini bildirgandi.

O‘z navbatida, milliy filmlar bu talabga javob bermayotgani, kino mamlakatning “yumshoq kuchi” bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.