Mahalliy

10 gektar hududda «O‘zbekfilm kino shaharchasi» tashkil etiladi

Davlatimiz rahbari «O‘zbekfilm» nomini milliy kinomizning yagona brendi sifatida mustahkamlash tashabbusini ilgari surdi. Xalqimiz Chilonzorning

10 gektar maydonda «O‘zbekfilm kino shaharchasi» barpo etiladi

Prezidentimiz kino ishlab chiqarish uchun zamonaviy infratuzilma yaratilishini ma’lum qildi.

«O‘zbekfilm»ga tegishli 10 gektarlik hududda kino xizmatlari jamlangan yagona industrial klaster — «O‘zbekfilm kino shaharchasi» tashkil etiladi.

«Kino shaharchasi» tarkibida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Dublyaj va ovozlashtirish markazi quriladi.

Ikki oy ichida malakali loyiha tashkiloti jalb qilinib, shaharchaning master-rejasi hamda loyiha-smetasi ishlab chiqiladi. Qurilish ishlari kelasi yil mart oyidan boshlanadi.

Kino tizimidagi bo‘sh turgan davlat aktivlarini ochiq savdoga chiqarish topshirildi.

Davlatimiz rahbari kinoijodkorlar uchun yana bir tashabbusni e’lon qildi. Quyi Chirchiq tumanidagi «Ko‘hinur» sihatgohi to‘liq ularning ixtiyoriga beriladi.

Mazkur sihatgoh yaqinda zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, jihozlangan. Bu yerda kinoijodkorlarning munosib dam olishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Prezidentimiz ushbu maskan kinochilarimiz kuch yig‘ib, yangi-yangi g‘oyalar ustida ishlaydigan haqiqiy ijodiy makonga aylanishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, har yili kino sohasida faoliyat yuritadigan kamida 300 nafar fidoyi xodimga respublikadagi sihatgohlarda dam olish va davolanish uchun bepul yo‘llanma beriladi.

Prezidentimiz sohada ilm, tahlil va professional tanqidchilikni rivojlantirish maqsadida «Kinoshunoslar klubi» tashkil etilishini ma’lum qildi.

«O‘zbekfilm» milliy kinokompaniyasi klub faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Uning Xalqaro kinotanqidchilar federatsiyasi — FIPRESCIga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Bu milliy filmlarning nufuzli xalqaro festivallardagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

Soha vakillarining kasbiy hamjamiyatini mustahkamlash uchun O‘zbekiston Kino arboblari va O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmalari birlashtirilib,

O‘zbekiston kino sohasi vakillari palatasi tashkil etiladi.

Palata sohada o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirish, ijodkorlarning mualliflik huquqlari va kasbiy manfaatlarini himoya qilish,

yoshlarning professional o‘sishiga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi.

Yosh kinoijodkorlarning xorijda malaka oshirishi hamda palata faoliyatining moliyaviy-tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi belgilandi.

Yangi palata faoliyatini tashkil etish ishlari bir oyda yakunlanishi topshirildi.

Prezidentimiz milliy kino sanoatini yangi texnologik rivojlanish bosqichiga olib chiqish zarurligini ta’kidladi.

Kino yaratishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish bo‘yicha hamkorlik dasturi bir oyda ishlab chiqiladi.

Unda yangi ta’lim dasturlarini tayyorlash, mutaxassislarni o‘qitish va xorijda malakasini oshirish masalalari nazarda tutiladi.

Shundan so‘ng davlatimiz rahbari «O‘zbekfilm» nomini milliy kinomizning yagona brendi sifatida mustahkamlash tashabbusini ilgari surdi. Xalqimiz Chilonzorning bu hududini azaldan «O‘zbekfilm» deb atashi qayd etildi.

Hozirgi Chilonzor ko‘chasining mazkur qismiga «O‘zbekfilm» nomini berish taklif qilindi.

Kino san’ati muzeyini «O‘zbekfilm» muzeyi, Kino san’ati saroyini «O‘zbekfilm» kinosaroyi, Milliy kinofondni «O‘zbekfilm» milliy kinofondi deb nomlab, ularni yagona brend ostida birlashtirish taklif etildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.