Toshkent avtobuslarida kunlik yoʻlovchi oqimi 1,5 million kishidan oshdi
Toshkentda 15 sentyabr kuni avtobus transportida yoʻlovchi tashish boʻyicha rekord koʻrsatkich qayd etildi. Bir sutka davomida shahar avtobuslari 1 520 113 nafar yoʻlovchini tashidi.

Toshkent avtobuslarida kunlik yoʻlovchi oqimi 1,5 mln kishidan oshdi
Poytaxtda 170 ta avtobus yoʻnalishi ishlamoqda. Ulardan 165 tasiga «Toshshahartransxizmat» AJ xizmat koʻrsatadi. Yana beshta yoʻnalishda tashishlarni «Avtotransservis» MCHJ, «Ideal Auto Service» MCHJ va «Ziyo trans» MCHJ amalga oshirmoqda.
14 sentyabr kuni Toshkent metropoliteni ham yangi rekord oʻrnatdi. Bir sutkada metro xizmatlaridan 1,16 mln dan ortiq yoʻlovchi foydalandi.
Metro maʼmuriyati yoʻlovchi oqimi yanada oʻsishini kutmoqda. Prognozlarga koʻra, oktyabr oyidayoq bir kunlik yoʻlovchilar soni 1,2 mln kishiga yetishi mumkin.

