Mahalliy

Toʻrt kishini Umraga yuborish uchun 4400 dollar: Fargʻonada turfirma xodimi ushlandi

Fargʻona viloyatining Dangʻara tumanida tegishli litsenziyasiz Umra ziyoratini tashkil etishga uringan turfirma xodimi ushlandi. U toʻrt nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborish uchun 4400 AQSH dollari soʻrab, oldindan 1100 dollar olayotgan vaqtda qoʻlga olingan.

Toʻrt kishini Umraga yuborish uchun 4400 dollar: Fargʻonada turfirma xodimi qoʻlga olindi

DXX maʼlumotiga koʻra, tezkor tadbir xizmatning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan.

Tadbir davomida Dangʻara tumanida faoliyat yurituvchi turfirma xodimi Umra ziyoratini tashkil etish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlmasa-da, fuqarolarni Saudiya Arabistoniga yuborishni taklif qilgani aniqlandi. U soʻralgan mablagʻning bir qismini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ayni paytda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Xabarda belgilangan tartiblarga rioya qilinmasdan tashkil etilgan safarlar sabab ayrim fuqarolar xorijda qiyinchiliklarga duch kelayotgani qayd etilgan.

DXX fuqarolardan shunday qonunbuzilish holatlari haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berishni soʻragan. Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlangani bildirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.