Namangan va Farg‘onada noqonuniy ravishda Umraga jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma rahbari ikki kishidan 2200 dollar talab qilgan.

Namangan va Farg‘onada noqonuniy tarzda Umraga jo‘natmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyatida noqonuniy ravishda Umra ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq holat fosh etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma rahbari 2 nafar fuqaroni Umra safariga jo‘natishni va’da qilib, 2200 AQSh dollari so‘ragan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u talab qilingan pul mablag‘ini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Namangan viloyatida aniqlangan holatda esa Chortoq tumanida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma ishchisi 2 nafar fuqaroni Umra safariga yuborish evaziga 2200 AQSh dollari talab qilib, oldindan 400 dollar olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

