Mahalliy

Toşkentda yana 1 km uzunlikdagi alohida harakat yölagi foydalanişga topşirildi

Yangi yölak Şahrisabz köçasining Amir Temur şohköçasi bilan kesişmasidan Maxtumquli köçasi bilan kesişmasigaça bölgan oraliqda - Toşkent davlat şarqşunoslik universitetidan Toşkent şahar 6-son tuğruq majmuasigaça masofada joylaşgan.

Toshkentda yana uzunligi 1 km bo‘lgan alohida harakat yo‘lagi foydalanishga topshirildi.

Toshkent shahri Shahrisabz ko‘chasida uzunligi qariyb 1 kilometr bo‘lgan yangi alohida avtobus yo‘lagi foydalanishga topshirildi.

Xabarga ko‘ra, endilikda Shota Rustaveli va Shahrisabz ko‘chalari bo‘ylab tashkil etilgan uzluksiz BRT (bus rapid transit) yo‘lagining umumiy uzunligi qariyb 8 kilometrga yetdi.

Yangi yo‘lak Shahrisabz ko‘chasining Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishmasidan Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan oraliqda — Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidan Toshkent shahar 6-son tug‘ruq majmuasigacha masofada joylashgan.

Qayd etilishicha, yo‘lning markaziy qismida tashkil etilgan BRT yo‘laklari avtobuslarning umumiy transport oqimidagi tirbandliklarga bog‘liqligini kamaytiradi. Natijada avtobuslarning kechikishi qisqaradi, qatnovlar muntazamligi oshadi va yo‘lovchilar manzilga yetib borish vaqtini aniqroq rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, poytaxtning Sergeli va Yunusobod tumanlarini istiqbolda o‘zaro bog‘laydigan yagona transport yo‘lagi bosqichma-bosqich shakllantirilmoqda.

Sentabr oyida Shahrisabz ko‘chasidagi BRT yo‘lagining birinchi bosqichi foydalanishga topshirilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.