Toşkentda isitiş tizimi qaçon yoqiladi?
Amaldagi tartib böyiça isitiş mavsumi taşqi havoning örtaça sutkalik harorati beş kun davomida 8 darajadan past bölganda boşlanadi. Toşkent şahar hokimligi havo keskin sovib ketsa, qaror qabul qilişni keçiktirmaslikka vaʼda beryapti.

**Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi?**
Toshkent shahar hokimligi poytaxtda havo harorati pasayib borayotgani fonida isitish mavsumi qachon ishga tushirilishi haqida ma’lumot berdi.
Amaldagi belgilangan tartibga ko‘ra, markazlashgan isitish tizimini yoqish uchun o‘rtacha sutkalik havo harorati ketma-ket besh kun davomida +8 °C dan past bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, mutasaddilar o‘tgan yillardagi kabi haqiqiy ob-havo sharoitlari inobatga olinishi, agar havo keskin sovib ketsa, issiqlik uzatishni boshlash to‘g‘risidagi qaror kechiktirilmasligini ta’kidlamoqda.
Hozirda hokimlik, shahar xizmatlari hamda Veolia Energy kompaniyasi mutaxassislari hamkorligida tizimlarni isitish mavsumiga tayyorlash ishlari nazorat ostida olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda isitish mavsumi 2025-yilda 5-noyabrda, 2024-yilda 7-noyabrda, 2023-yilda 6-noyabrda, 2022-yilda 22-oktabrda, 2021-yilda 12-oktabrda va 2020-yilda 15-oktabrda boshlangan.

