Toshkentning ayrim tumanlarida issiq suv rejali oʻchiriladi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish hamda sovuq kunlarda aholini uzluksiz issiqlik bilan taʼminlash maqsadida issiqlik tarmoqlarida va qozonxonalarda taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Toshkentning ayrim tumanlarida issiq suv vaqtincha rejali tarzda o‘chiriladi
Toshkent shahrining bir qator tumanlarida issiq suv ta’minotida 5 kunlik rejali uzilishlar bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, 2026-2027-yilgi kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda sovuq kunlarda aholini uzluksiz issiqlik bilan ta’minlash maqsadida issiqlik tarmoqlari va qozonxonalarda ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli 21–25-sentabr kunlari quyidagi hududlarda kuzgi rejali o‘chirish ishlari amalga oshiriladi:
**Mirzo Ulug‘bek tumani**
Bo‘z, Lashkarbegi, Bog‘imaydon, Darxon, Habib Abdullayev, Turon, Navnihol, Alpomish, Shahriobod, Yangi Olmachi, Oqqo‘rg‘on, Mustaqillik, Buyuk Ipak Yo‘li, Podshobog‘, Yelobod, Hamid Olimjon, Mirzakalon Ismoiliy, Sayram, Oliyhimmat, Olimlar, Oydin MFYlari.
**Yashnobod tumani**
Boyqo‘rg‘on, Semurg‘, Mashinasozlar, Istiqlol, Do‘stobod MFYlari.
**Yunusobod tumani**
Obod, Posira MFYlari.
**Shayxontohur tumani**
Sarxumdon, Gulobod, Obinazir, Bog‘ko‘cha, Ilg‘or, Zafarobod, Bo‘ston, Tinchlik, Chorsu, Qoratosh, Chaqar, Yangi Kamolon, Kamolon Darvoza, Kamolon, Hadra, Gulbozor, O‘rda, Shayxontohur MFYlari.
**Olmazor tumani**
Chustiy, Quyosh, Orzu, Allon, Ziyo, Bo‘stonobod, Istiqbol (bir qismi), Universitet (bir qismi).
**Chilonzor tumani**
Beshyog‘och, Katta Olmazor MFYlari.

