Timofeyeva Zidanshekni mag‘lub etib, US Open 2-bosqichiga chiqdi
O‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeyeva US Open birinchi bosqichida Tamara Zidanshekni 6:3, 7:5 hisobida mag‘lub etib, 2-bosqichga chiqdi.

Timofeyeva Zidanshek ustidan g‘alaba qozonib, US Open ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi
O‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeyeva US Open turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi. U dastlabki o‘yinda sloveniyalik Tamara Zidanshekni 6:3, 7:5 hisobida yutdi.
Hozirda WTA reytingida 146-o‘rinni egallab turgan Zidanshek 2022-yilda jahon reytingida 22-pog‘onaga ko‘tarilgan va 2021-yilda "Rolan Garros" yarim finaliga qadar yetib borgan edi.
Timofeyevaning o‘zi esa ayni damda WTA reytingida 86-o‘rinda joylashgan.

