Tibetda kuchli yer silkinishi yuz berdi, 16 kishi halok boʻldi, deyiladi xabarlarda
Zilzila Tibetning shiamol-sharqidagi togʻli, aholi kam yashaydigan hududda yuz berdi.

Xabarlarga koʻra, Tibetda kuchli zilzila yuz berib, 16 kishi halok boʻldi.
Xitoy davlat mediasining xabar qilishicha, Tibetning togʻli hududida yetti ballik zilzila yuz berib, kamida 16 kishi hayotdan koʻz yumgan. Sinxua agentligi mahalliy favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, epitsentr payshanba oqshomida Nagchu viloyatining Bachen uyezdida boʻlgan. Uyezd Tibet poytaxti Lxasadan 400 km shimoli-sharqda joylashgan.
Hokimiyat organlari favqulodda holat eʼlon qildi va yana 32 kishi jarohat olgan hududga qutqaruv guruhlarini yubordi.
Mahalliy xabarlarda aytilishicha, talofat koʻrgan hududda 300 dan ortiq uy vayron boʻlgan, u yerda elektr taʼminoti asosan oʻchib qolgan.
Tosh koʻchishlari mintaqadagi yoʻllarni yopib qoʻygan, bu esa guruhlarning talofat koʻrgan hududlarga yetib borishini qiyinlashtirmoqda.
Ikki oydan kamroq vaqt oldin Tibet va Nepalda muzlikning oʻpirilishi oqibatida vayronkor suv tashqinlari va koʻchkilar yuz berib, kamida 1400 kishi halok boʻlgan edi. Yana yuzlab odamlar hamon bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda.

