Tibbiyot xodimlariga 2027-yildan har oy ustamalar to‘lanadi
Ayrim tibbiyot xodimlarining bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga har oy qo‘shimcha ustamalar belgilandi

Tibbiyot xodimlariga 2027-yildan boshlab har oy ustama beriladi
Prezident farmoniga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan tibbiyot, farmatsevtika va pedagog xodimlarning oylik maoshiga har oylik ustamalar joriy etiladi.
Bakalavriatni tugatgan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga ustama mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi.
Magistraturani tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
Oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidenturani bitirgan oilaviy shifokorlar uchun ustama mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari etib belgilanadi.
Xuddi shu miqdordagi ustama mazkur yo‘nalishda magistraturani tamomlagan pedagog kadrlarga ham tatbiq etiladi. Ustamalar xodimlarning bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga nisbatan har oy to‘lab boriladi.
Farmonga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash bo‘yicha ikki yillik o‘quv dasturlariga qabul bekor qilinadi.
Shuningdek, oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriati bo‘yicha kadrlar tayyorlashda rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etiladi. Tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash uchun magistratura dasturi ham yo‘lga qo‘yiladi.

