Oliy tibbiy hamrohlik ishi ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi
Oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida davlat buyurtmasi qabul parametrlari 2030/2031 o‘quv yiliga qadar

Oliy tibbiy hamrohlik ishi ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi
Oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi joriy qilinadi.
Prezident farmoniga muvofiq, 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, jumladan maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida to‘plash zarur bo‘lgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.
2026/2027 o‘quv yilidan e’tiboran tibbiyot va farmatsevtika sohasida:
- bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura va rezidentura dasturlarida har bir o‘quv modulining akademik ko‘rsatkichlarini o‘zlashtirishda, shuningdek davlat imtihonlarida minimal o‘tish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun eng yuqori ballning 70 foizi, o‘rta tibbiyot xodimi mutaxassisliklari uchun 60 foiz etib belgilanadi;
- qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari yoki dasturlari orqali tor soha mutaxassisliklari bo‘yicha (qo‘shimcha) ixtisoslashtirish bekor qilinadi;
- birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul bekor qilinadi.
2027/2028 o‘quv yilidan boshlab hamshiralik ishi kasbiy ta’lim mutaxassisligi negizida tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi hamda oliy hamshiralik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizida oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi. Bunda:
- tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi hamda oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini bitirgan xotin-qizlarga hamshira, erkaklarga esa tibbiyot og‘asi kvalifikatsiyasi beriladi;
- oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida davlat buyurtmasi qabul parametrlari 2030/2031 o‘quv yiliga qadar har yili kamida 20 foizga oshirib boriladi.

