Mahalliy

Tez yordam kelguniga qadar: aeroport tibbiyot xodimlari yoʻlovchilarga yordam koʻrsatishni qanday mashq qilmoqdalar

Aeroportda insonning tobi qochganda, birinchi boʻlib tibbiyot punkti xodimlari yordamga kelishadi. Axvolini baholash, qaror qabul qilish va kechiktirmasdan harakat qilish — mutaxassislar har bir navbatchilikda shunday vaziyatlarga tayyor boʻlishlari kerak. ular oʻz mahoratlarini qanday oshirishayotgani haqida — Uzbekistan Airports tibbiyot xodimlarini oʻqitishning amaliy bosqichidan «Novosti Uzbekistana» materialida. Harbiy gospitalning simulyatsion markazida [...] rolini

Tez yordam kelguniga qadar: aeroport tibbiyot xodimlari yoʻlovchilarga yordam koʻrsatishni qanday mashq qilmoqdalar

Aeroportda inson oʻzini yomon his qilganda, birinchi boʻlib tibbiyot punkti xodimlari yordamga keladilar. Vlayatni baholash, qaror qabul qilish va paysalga solmay harakat qilish — mutaxassislar har bir navbatchilikda shunday vaziyatlarga tayyor boʻlishlari kerak. Malakani qanday oshirayotganliklari haqida — «Novosti Uzbekistana»ning Uzbekistan Airports tibbiyot xodimlarini oʻqitish amaliy bosqichidan tayyorlangan materialida.

Harbiy gospitalning simulyatsiya markazida bemor rolini maneken bajaradi. Uning atrofida — aeroportlarning tibbiyot xodimlari. Ishtirokchilar shoshilinch yordam koʻrsatish tartibini mashq qilmoqdalar: shartli bemorning ahvolini baholaydilar, qarorlar qabul qiladilar, zarur harakatlarni bajaradilar. Bu yerda oʻquv vaziyatini tahlil qilish va mashqni takrorlash mumkin. Navbatchilikda esa bu koʻnikmalarni butunlay boshqa sharoitlarda qoʻllashga toʻgʻri keladi.

Trenajyor oʻrnida — uchish oldidan tobi qochgan inson. Yonida — xavotirga tushgan yaqinlari, boshqa yoʻlovchilar. Terminalda hamon eʼlonlar yangramoqda, roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda, kimdir samolyotga chiqishga shoshmoqda. Shifokorlar zudlik bilan eʼtiborni bemorga qaratishlari va yordam koʻrsatishlari kerak.

Uzbekistan Airports aeroportlarining 15 nafar tibbiyot xodimi aynan shunday vaziyatlarga tayyorgarlik koʻrmoqda. Ular uchun fuqaro aviatsiyasi xodimlari uchun shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan yordam koʻrsatish boʻyicha milliy kengaytirilgan kurs — ACLS tashkil etildi.

Dastur 18 soatga moʻljallangan boʻlib, Harbiy-tibbiy institutning oʻquv dasturi asosida ishlab chiqilgan. Dastlabki ikki kun onlayn-mashgʻulotlarga ajratilgan. Yakuniy bosqich simulyatsiya markazida oʻtmoqda: bu yerda ishtirokchilarni amaliy tayyorgarlik va attestatsiya kutmoqda.

«Navbatchilikda inson: “Ahvolim shunchaki yaxshi emas, lekin samolyotga shoshayapman”, deyishi mumkin. Biz esa ushbu “yaxshi emas” ortida nima turganini aniqlashimiz, uning ahvolini baholashimiz kerak. Bunda hamma narsani vazminlik bilan tushuntirish muhim: yoʻlovchi oʻzi uchun ham, safari uchun ham xavotirda boʻladi. U sizni eshitishi va sizga ishonishi kerak», — dedi shifokor Shavkat.

Yoʻlovchilar uchun tibbiyot punkti aeroportda oldindan rejalashtirilgan toʻxtash joyiga kamdan-kam aylanadi. Odatda, ehtiyoj tugʻilgandagina uni eslashadi: toʻsatdan holsizlik, ogʻriq, nafas olishning qiyinlashishi yoki oʻzini yomon his qilishning boshqa holatlari. Tibbiyot xizmati xodimlari birinchi boʻlib insonning ahvolini baholaydilar va zarur yordamni koʻrsatadilar. Shoshilinch holatlarda ular bemorni tez yordam brigadasiga topshirgunga qadar harakat qiladilar.

Ushbu vaqt oraligʻi alohida diqqat-eʼtiborni talab etadi. Ahvol qanchalik ogʻirligini, hozirda qanday harakatlar zarurligini aniqlash va vaqtni boy bermaslik kerak. Bunda dastlab shifokorda juda kam maʼlumot boʻlishi mumkin — faqat yoʻlovchining oʻz shikoyatlari yoki yonidagi odamlarning soʻzlari.

Oʻquv dasturida bunday vaziyatlarga asosiy eʼtibor qaratilgan. Ishtirokchilar yurak-oʻpka reanimatsiyasi, defibrillyatorni qoʻllash, nafas olish buzilishi, oʻtkir yurak xastaliklari va insultda yordam berish koʻnikmalarini takmillashtirmoqdalar.

Manekenlar va trenajyorlarda shunchaki alohida usullar emas, balki reallikka yaqinlashtirilgan stsenariylar mashq qilinadi. Bemorning ahvolini baholash keyingi qarorlar uchun boshlangʻich nuqtaga aylanadi. Har bir harakat oʻz vaqtida bajarilishi, jamoaning ishi esa jipslashgan boʻlishi kerak.

«Nazariyani bilasan, lekin bu yerda hamma narsani qoʻl bilan bajarish, hamkasblar bilan birgalikda barcha harakatlar tartibini oʻtish kerak. Qaysi joyda ikkilanganing, yana nimaning ustida ishlash kerakligi darhol ayon boʻladi. Buni mashgʻulotda koʻrgan maʼqul. Insonga yordam kerak boʻlganda, oʻz ishingni ishonch bilan bajarish muhim», — dedi feldsher Nigora.

Jamoaviy ish — tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismlaridan biri. Shoshilinch vaziyatda mutaxassislar bir-birlarini tushunishlari, vazifalarni taqsimlashlari va izchil harakat qilishlari zarur. Yordam koʻrsatish tezligi ham jamoaning qanchalik ahil ishlashiga bogʻliq.

Aeroport sharoiti bunga oʻz qiyinchiliklarini qoʻshadi. Inson yoʻlda, charchagan, boʻlajak parvozdan xavotirda, rejalarning oʻzgarishidan tashvishda boʻlishi mumkin. Baʼzan yonida qoʻllab-quvvatlaydigan yoki uning salomatligi haqida gapirib beradigan yaqinlari boʻlmaydi. Shunga koʻra, tibbiyot punkti xodimi uchun bemor bilan tezda aloqa oʻrnatish, kerakli savollarni berish va keyingi harakatlarni tushuntirish muhimdir.

Tibbiyot xodimi uchun bu kasbiy ishning bir qismi. Yoʻlovchi uchun esa — hamma narsa kutilmaganda oʻzgarib ketgan vaziyat: yaqindagina u samolyotga chiqish vaqtini kuzatib turgan edi, endi esa yordamga muhtoj. Mutaxassisning vazminligi, tushunarli soʻzlari va shikoyatlarga eʼtibori ushbu daqiqada katta ahamiyatga ega.

Kursning amaliy bosqichi attestatsiya bilan yakunlanadi. Undan soʻng — aeroportlardagi odatiy ishga qaytish, u yerda keyingi navbatchilikda qanday murojaatga duch kelishni oldindan bilib boʻlmaydi.

Uzbekistan Airports’da tibbiyot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlashning bir qismi sifatida qaroladi. Bunday tayyorgarlik aynan paysalga solish ayniqsa xavfli boʻlgan daqiqalarda zarur boʻlgan koʻnikmalarni mustahkamlashga yordam beradi.

Yoʻlovchilarning aksariyati tibbiyot punktiga murojaat qilmasdan terminaldan oʻtib ketadilar. Ammo toʻsatdan tobi qochadigan inson uchun aeroport tibbiyot xodimlarining tayyorgarligi hamma narsadan muhimroq boʻlib chiqadi. Aynan shu tayyorgarlik uchun bu yerda, simulyatsiya markazida kun kelib inson hayotini saqlab qalishi mumkin boʻlgan harakatlar mashq qilinmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.