Mahalliy

Texnikum ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Kasbiy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ustalar har 5 yilda kamida bir marta majburiy tartibda sertifikatlashdan oʻtkaziladi. Oʻquvchilari xalqaro yoki respublika miqyosidagi kasbiy tanlovlarda 1–3-oʻrinlarni egallagan ustalarga sinovlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri kasbiy sertifikat beriladi.

Texnikum ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, kasbiy ta’lim tashkilotlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalariga malaka toifasi berish tartibi bekor qilinib, kasbiy sertifikat berish tizimi belgilandi.

Kasbiy ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan ustalar har 5 yilda kamida bir marta majburiy ravishda sertifikatlashdan o‘tkaziladi. Sertifikat 5 yil muddatga beriladi.

Sinovlar 2 bosqichda, jami 100 ballik tizimda o‘tkaziladi:

• 1-bosqich — nazariy bilimlar (maksimal 30 ball);

• 2-bosqich — amaliy ko‘nikmalar (maksimal 70 ball).

Sertifikat olish uchun nomzod har ikki bosqichning har birida kamida 70 foiz natija ko‘rsatishi va umumiy hisobda 70 ball yoki undan yuqori ball to‘plashi kerak.

Majburiy sinovdan o‘ta olmagan ustaga uni bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi. Qayta sinovdan ham o‘ta olmagan ustaning mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi.

O‘quvchilari xalqaro yoki respublika miqyosidagi kasbiy tanlovlarda 1–3-o‘rinlarni egallagan ustalarga sinovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasbiy sertifikat beriladi.

Navbatdagi majburiy sertifikatlash bepul amalga oshiriladi. Ixtiyoriy, ya’ni navbatdan tashqari sertifikatlash uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki platforma orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.