Mahalliy

Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga direktor tayinlandi

Avvalgi rahbari Akmal Jumanazarov 2026-yil sentyabrda boshqa ishga o‘tgandi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yangi direktor tayinlandi

Ansabxon Akaidinovich Zokirov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ansabxon Zakirov agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Bundan oldin esa u agentlik huzuridagi «O‘zbekiston akkreditatsiya markazi» davlat muassasasi direktori lavozimini egallagan.

Agentlikning avvalgi rahbari Akmal Jumanazarov 2024-yil fevraldan 2026-yil sentyabrgacha — qariyb 2 yil 7 oy davomida ushbu lavozimda faoliyat yuritgan. U joriy yil 22-sentyabrda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mudofaa sanoati qo‘mitasi raisi etib tayinlangani sababli lavozimidan ozod etilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.