Mudofaa sanoati qo‘mitasiga rais tayinlandi

Mudofaa sanoati qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi
Akmal Ro‘ziqulovich Jumanazarov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mudofaa sanoati qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi.
Ma’lumot uchun, Mudofaa sanoati qo‘mitasi shu vaqtgacha agentlik maqomida bo‘lib, Mudofaa vazirligi huzurida faoliyat yuritgan. Ushbu tuzilmaning hukumat tarkibiga o‘tkazilgani haqida hozircha rasmiy ma’lumot e’lon qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Akmal Jumanazarov 2024-yil fevralida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori etib tayinlangan edi.
Undan avval u energetika vazirining elektr energetikasi va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

