Tergov, nafaqa va aliment: prokuraturaga eng köp qaysi masalalarda murojaat qilinmoqda?
2026-yilning yanvar–sentabr oylarida prokuratura organlariga 299 649 ta murojaat kelib tuşgan. Ularning 178 493 tasi bevosita prokuratura organlarida hal etilib, 50 087 tasi qanoatlantirilgan. Qonunçilik ijrosini örganiş natijasida 55 898 kişining buzilgan huquqlari tiklangani maʼlum qilindi.

Tergov, nafaqa va aliment: prokuraturaga eng ko‘p qaysi masalalarda murojaat qilinmoqda?
Bu haqda Bosh prokuratura Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Murodiljon Mo‘minov ishtirokidagi brifingda ma’lumot berildi.
Hisobotga ko‘ra, kelib tushgan murojaatlarning 59,5 foizi bevosita prokuratura organlarida hal etilgan. Qanoatlantirilgan murojaatlardan tashqari, 126 058 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan.
Prezident Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelgan 142 884 ta murojaatning 119 690 tasi prokuratura organlarida ko‘rib chiqilgan. Shulardan 30 326 tasi qanoatlantirilgan, 84 652 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan.
Eng ko‘p murojaat — tergov masalalarida
Prokuraturaga kelib tushgan murojaatlarda quyidagi masalalar eng ko‘p ko‘tarilgan: ichki ishlar organlaridagi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov — 45 313 ta; moddiy yordam, nafaqa, bola puli, tibbiy xizmat, bank-kredit va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar — 39 042 ta; sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish, jumladan, aliment undirish hamda MIB xodimlarining harakatlari — 21 257 ta.
Ayrim yo‘nalishlarda murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan oshgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlariga oid murojaatlar 1891 tadan 4090 taga, jazoni ijro etish muassasalari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi murojaatlar esa 3299 tadan 4443 taga ko‘paygan.
Hisobot davrida 3636 ta takroriy murojaat kelib tushgan. Ularning eng ko‘pi sud hujjatlari ijrosi va aliment undirish, ichki ishlar organlaridagi tergov hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga tegishli.
Besh mingdan ortiq mahallada sayyor qabul o‘tkazilgan
To‘qqiz oy davomida prokuratura xodimlari jami 220 240 kishini qabul qilgan. Shundan 60 371 nafari sayyor va ommaviy qabullarda ishtirok etgan.
Iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir bo‘lgan 5038 ta mahallada ham sayyor qabullar tashkil etilgan. Ularda 28 156 nafar fuqaro va yuridik shaxs vakili murojaat qilgan. Ko‘tarilgan masalalarning 13 548 tasi joyida ijobiy hal etilgani bildirilgan.

